“Investitsiya” faniining asosiy maqsadi talabalarga ushbu fan haqida tushuncha berishdan iborat. Investitsiya fani talabalarga investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati asoslari borasida chuqur nazariy bilim berish, ularda atroilicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday maqsadga erishish uchun sohaning bo'lg'usi mutaxassislari investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati, investitsiya jarayonlarining mazmuni investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi roli, investitsiya muhiti, investitsiya faoliyatida capital qurilish Davlat investitsiya dasturi, investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, investitsiya risklari va ularni pasaytirish tog’risida aniq tasavvurga ega bo’lish kabilarni o’rganadi.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan qurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositasidir. Aynan, xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa о‘z navbatida yangi ish о‘rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bо‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, “Investitsiya” fani o’z ichiga umumiy kirish qismini oladi hamda umumiy va maxsus tamoyillar asosida investitsiyalarning jalb qilinishi va boshqaruvini amalga oshirishda ko’maklashadigan muhim tushuncha yoki iboralarning asosiy tavsifini yoritib berishdan iborat hamdir.
Shuningdek, mazkur fan investitsiyalarni o'rganishda xalqaro amaliyotni tahlil etish va buni O’zbekiston amaliyotida qo’llashni joriy etish, investitsiya faoliyatlari strategiyasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini o’rganadi.