Ushbu dastur meditsina taʼlim tizimida taxsil olayotgan talabalar uchun meditsina
masalalarini yechishda, davolash va tibbiy profilaktik ishlarni olib borishda
va ilmiy - amaliy faoliyatni olib borishda, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri
va keng ko‘lamda foydalana oladigan kadrlarni tayyorlashda alohida o‘rin
tutadi. Shu narsani qatʼiy aytish mumkinki, hozirgi kunda meditsina taʼlim
tizimida kompyuter, axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyos kattadir. Shuning
uchun ham kelajakda zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishini
istovchi har bir talaba zamonaviy kompyuterlardan erkin foydalana olishlari,
amaliy dastur paketlaridan ishlashni bilishlari hamda nazariy bilimlarini
simulyator va trenajerlardan foydalanib oshirishlari shart. Bunday imkoniyatga
talabalar “Meditsinada axborot texnologiyalari” fanini chuqur va mukammal
o‘zlashtirish orqaligina ega bo‘lishlari mumkin.
