Ushbu dastur meditsina taʼlim tizimida taxsil olayotgan talabalar uchun meditsina masalalarini yechishda, davolash va tibbiy profilaktik ishlarni olib borishda va ilmiy - amaliy faoliyatni olib borishda, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va keng ko‘lamda foydalana oladigan kadrlarni tayyorlashda alohida o‘rin tutadi. Shu narsani qatʼiy aytish mumkinki, hozirgi kunda meditsina taʼlim tizimida kompyuter, axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyos kattadir. Shuning uchun ham kelajakda zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishini istovchi har bir talaba zamonaviy kompyuterlardan erkin foydalana olishlari, amaliy dastur paketlaridan ishlashni bilishlari hamda nazariy bilimlarini simulyator va trenajerlardan foydalanib oshirishlari shart. Bunday imkoniyatga talabalar “Meditsinada axborot texnologiyalari” fanini chuqur va mukammal o‘zlashtirish orqaligina ega bo‘lishlari mumkin.